Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha - 9:00 dan 17:00 gacha
Adolat SDPning “Vatan kelajagi yoshlar qo’lida ” loyihasi doirasida “Konsititutsiya bilimdoni” ko’rik tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Ushbu ko’rik tanlovda akademik litseyimizning 1 - kurs yurispuridensiya yo’nalishi o’quvchilari o’zlarining munosib chiqishlari bilan ishtirok etishdi. Shiddatli kechgan ushbu adolat tanlovida akademik litseyimiz jamoasi litseyimiz nomini munosib himoya qilishdi va faxirli 1 - o’rinni qo’lga kiritishdi. Manashunday yutuqlar bilan jamoa a’zolarini va ularga ta’lim tarbiya bergan ustoz-murabbiylarni muborakbod etamiz.