Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha - 9:00 dan 17:00 gacha
Bugun M.V.Lomonosov nomidagi Rossiyaning Shimoliy (Arktika) Federal universitetining vakillari Zarubina Lyubov Albertovna, Polomidova Polina Sergeevnalar bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Rus filologiyasi" fakulteti bilan hamkorlikdagi uchrashuv tashkil etildi. Muloqot chogʻida universitetimizda til oʻqitish, oʻqituvchilar malakasini oshirish, oliygohning magistr talabalari akademik litseyda amaliyot o‘tash, “Yozga maktablar” tashkil etish borasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Rossiyaning Shimoliy (Arktika) Federal universitetining mutaxassislari bu boradagi takliflari bilan oʻrtoqlashdilar. TOP universitetlar qatoriga kiritilgan oliygohlar bilan aloqalarni rivojlantirish oʻz samarasini berishi taʼkidlab oʻtildi.