Ish vaqti: Dushanbadan Shanbagacha - 9:00 dan 17:00 gacha
Akademik litsey 2007 - yil O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus kasb-hunar markazining 2007 yil 31 - maydagi 96-sonli buyrug'i asosida tashkil etilgan va unga O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti qoshidagi 2-son akademik litsey nomi berildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 - yil 26-sentabrdagi PQ 3290-sonli qaroriga asosan akademik litseyga O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi nomi bilan o'zgartirilish kiritilgan. Ta'lim muassasasining loyiha quvvati 720 nafar o'quvchiga mo'ljallangan.
Shu kunga qadar 5365 nafar o'quvchi akademik litseyni muvaffaqiyatli yakunlab, turli jabhalarda faoliyat olib bormoqdalar. O'quvchilar safida horij fuqarolarining farzandlari ham birgalikda turli yo'nalishlarda ta'lim olmoqdalar. 2021 - yilda o'quvchilarimizning oliy ta'lim muassasasiga o'qishga kirish ko'rsatkichi 85% ni tashkil etdi. Akademik litsey o'quvchilarining aksariyati milliy til bilish CEFR hamda IELTS sertifikatlariga egadir.
Ko'proq o'qish
Litseyda chet tillarini o'rgatish darajasi juda yuqori. O'quvchilarning sifatli bilim olishi kafolatlangan.
Litseyda olgan bilimlarim hayotda asqotdi.
Litseyda liderlik qobiliyatim yuqori darajada shakllandi.